15 noy 21:17
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev taroziga chiqdi, ertaga jang + FOTO
Xabaringiz bor, ertaga professional bokschimiz SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini o'tkazadi.
"Vegas City Hall" majmuasi mezbonlik qiladigan ushbu bahsda hamyurtimizga belaruslik Dmitriy Miliusha raqobat ko'rsatadi.
Bugun har ikki bokschilar jang oldidan ananaviy tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Bahs yarimo'rta vazn toifasida tashkil etiladi.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon shu kungacha prof ringda 18 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (16ta nokaut). Miliusha esa 13 marotaba jang qilgan va ularning 9tasida g'olib bo'lgan (4ta nokaut). 3 marotaba mag'lubiyatga uchragan (2ta nokaut) va 1 ta durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar