25 jan 10:08
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev WBA reytingida yuqoriladi
SHohjahon Butunjahon boks associaciyasi (WBA) reytingida beshinchi o'ringa ko'tarildi. Ergashev bungacha ettinchi pog'onadan joy olgandi. Hozirda belaruslik Kiril Relix ushbu yo'nalish chempioni bo'lib turibdi.
Hamyurtimizdan oldinga o'rinlarni amerikalik Mario Barrios, rossiyalik Botir Ahmedov, yaponiyalik Xiroki Okada hamda Dominikan Respublikasi vakili Alberto Puello egallab turibdi. Sobiq jahon chempioni rossiyalik Eduard Troyanovskiy oltinchi o'ringa pastladi. Ispaniyalik Sandor Martin ettinchi pog'onadan joy olgan.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon Ergashev o'zining navbatdagi jangini 15 fevral kuni AQSHning Kanzas shtati Malveyn shahridagi Kansas Star Arena majmuasida amerikalik Maykl Foksga qarshi o'tkazadi. Foks 19ta jangning barchasida g'alaba qozongan.
Fikrlar