12 dek 12:00
Yangiliklar

SHohjahon Ergashevni tabriklaymiz!
SHohjahon Ergashev 1991 yil 12 dekabrda Farg'ona viloyati Beshariq tumani Rapqon qishlog'ida tavallud topgan. 11yoshidan boks bilan shug'ullangan. Birinchi murabbiyi Rustam Majidov. Qahramonimiz Rapqon boks maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011 yilda Respublika chempionatida shohsupaga ko'tarilgan. Havaskor boksda u qadar ham omadi chopmagan Ergashev 2015 yildan faoliyatini prof ringda davom etdirib kelmoqda (19 ta jang 19 ta g'alaba, 17 ta nokaut).Nokautchimiz Moskva shahrida "Shohjahon GYM" sport zalini ochgan. Bugungi kunda mazkur zalda boks, MMA, muay-tay sport turlari bo'yicha 70 dan ziyod atletlar mashg'ulot o'tkazib kelmoqda. Bundan tashqari "Shohjahon Promotion" promoutrlik kompaniyasiga asos solgan. SHuningdek, "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni sohibi hisoblanadi.
Fursatdan foydalanib bokschimizni tug'ilgan kuni bilan saytimiz ijodkorlari hamda muxlislari nomidan qutlaymiz! Uzoq va mazmunli umr tilaymiz. Kelayotgan yil Ergashevga chempionlik kamarlarini tuhfa etsin.
Sarvinoz Raxmonqulova
Fikrlar