09 jan 17:55
Yangiliklar

SHohjahon Ergashevning jangi jonli efirda olib beriladimi?
CHarm qo'lqop ustamiz shu kuni AQSHning Ayova shtati Sloan shahrida Adrian Jeym Estrellaga qarshi ringga ko'tariladi. Ergashev - Estrella to'qnashuvi 10 raunddan iborat bo'lib, oqshomning markaziy jangi sifatida etirof etilgan.
SHohjahon Ergashevning www.olamsport.com saytiga xabar berishicha, "Buka" kompaniyasi jang translyaciyasi huquqini sotib olgan. Lekin hozirda O'zbekistonning qaysi telekanali jangni to'g'ridan-to'g'ri namoyish etishi aniq emas. Bu erda kompaniya talab qo'yadi va ko'proq pul taklif qilgan telekanalga namoyish huquqini taqdim etadi.
Ayni paytda "Sport" hamda "UzReport" telekanallari SHohjahon Ergashev ishtirokidagi jangni to'g'ridan-to'g'ri namoyish etish uchun davogarlik qilyapti. Muzokaralar davom etmoqda.
Fikrlar