14 apr 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashevning qozog'istonlik raqibga qarshi yangi jang sanasi rasman malum qilindi (POSTER)
Hamyurtimiz SHohjahon Ergashevning Qozog'iston vakili Batir Jukembaevga qarshi 9 may kungi jangi boshqa muddatga qoldirilgandi.
Endilikda, malum bo'lishicha, ushbu to'qnashuv 6 iyun kuni o'tkaziladi. Jangga "Humo Arena" mezbonlik qiladi.
SHohjahon faoliyati davomida shu kunga qadar 28 ta jang o'tkazib, 26 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Jukembaev hisobida esa 24 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Fikrlar