17 fev 08:20
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashevning yangi qurayotgan uyi videosi namoyish etildi (VIDEO)
Diqqatingizni yana bir bor tinib-tinchimas bokschimiz SHohjahon Ergashevga qaratamiz.
Bu safar qanday shov-shuv deysizmi? CHarm qo'lqob ustamiz o'zi tug'ilib o'sgan Beshariq tumani Rapqon qishlog'ida yangi qurilish boshlagan. Ergashevning Instagram ijtimoiy tarmog'idagi "storis"iga joylangan videoda aytilishicha bu bokschimizning uyi va ofisi bo'ladi.
Mazkur video tesvirda SHohjahonning padari buzrukvori Abdusami Ergashev ham ko'rinish bergan va "Allohga shukur, sizlar ham biz kabi farzandlaringizni orzu-havasini ko'rib yuringlar",-degan.
Havola :
Fikrlar