13 may 09:57
Yangiliklar
SHohrux Mamedov Astana Gran-prisi g'olibi! SHerzod Namozov hisobida kumush medal
Ushbu nufuzli musobaqada 24 mamlakatdan jami 140 nafar, xususan, O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etmoqda.
Musobaqaning ilk kunida vakillarimizdan SHohruh Mamedov hamda SHerzod Namozov shohsupaga ko'tarildi. Hal qiluvchi bellashuvlarda Mamedov braziliyalik Danilo Silvadan ustun kelgan bo'lsa, SHerzod Namozovga Qozog'iston vakili Ibragim Nurmaxanuli bilan bahsda omad etishmadi.
Erkaklar (J1 klassi, 81 kg):
1. SHohrux Mamedov (O'zbekiston)
2. Danilo Silva (Braziliya)
3. Magomedzakir Magomedov (Neytral maqomdagi sportchi)
3. Aleksandr Jujgov (Neytral maqomdagi sportchi).

Erkaklar (J2 klassi, 70 kg):
1. Ibragim Nurmaxanuli (Qozog'iston)
2. SHerzod Namozov (O'zbekiston)
3. Iskander Uldanov (Qozog'iston)
3. Serxio Ibanes (Ispaniya).

Fikrlar