16 noy 09:11
Yangiliklar
Boks/MMA
SHon Bredi ketma-ket to'rtta g'alabadan keyin ilk bor mag'lubiyatga uchradi
Okean ortida davom etayotgan UFC 322 turniri o'zining qizg'in pallasiga etib keldi.
Turnir asosiy kardidagi uchinchi jang ham yakunlandi.
Yarim o'rta vazn toifasida UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Amerika Qo'shma SHtatlari sharafini himoya qiluvchi SHon Bredi musobaqa doirasida sakkizinchi o'rindagi ekvadorlik Maykl Morales bilan bahs olib bordi.
3 raundlik davogarlik jangi birinchi raunddayoq muddatidan oldin yakuniga etdi. Morales Bredini nokautga uchratdi.
SHunday qilib, SHon Bredi to'rtta muvaffaqiyatli chiqishdan so'ng ilk bor mag'lubiyatga uchradi. Maykl Morales esa faoliyatidagi 19-jangida 19-g'alabasini nishonladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar