26 dek 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA
SHon O`Melli: "SHuga Oq uyda Yanga, Amerika esa Rossiyaga qarshi! Bu mantiqan to'g'ri"
UFC’ning o'ta engil vazn toifasidagi sobiq chempioni, amerikalik 31 yoshli SHon O`Melli 2026 yil 14 iyun kuni Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC turnirida oktagonga chiqmoqchi.
SHon yana bir bor 61 kilogrammgacha bo'lgan vaznda amaldagi UFC chempioni, rossiyalik 32 yoshli Pyotr Yan bilan jang o'tkazish istagini bildirdi.
"Oq uyda Pyotrga, Amerika Rossiyaga qarshi! Bu mantiqan to'g'ri. Ammo muxlislar buni ko'rishni xohlamaydi. Buni YouTube`dagi rolikim ostidagi izohlarda ko'rdim. Odamlar shunaqa: "Voy, sen imkoniyatni qo'lga kiritaman deb o'ylayapsanmi, yaxshisi urish". Xo'p, mayli, siz haqsiz. Pyotr bilan Merab o'rtasidagi jangni yana qayta ko'rib chiqishingiz mumkin. Davom eting, men bir chetda kutib, ajoyib tomosha ko'rsataman. Siz esa bunday imkoniyatni qo'ldan boy berganingizdan afsuslanasiz", - deya O`Mellining so'zlarini keltiradi Low Kick MMA portali.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar