03 noy 17:50
Yangiliklar

SHon O'Melli Vera bilan revansh jangini o'tkazmoqchi
Eng engil vaznning birinchi raqamli jangchisi, amerikalik SHon O'Melli ekvadorlik Marlon Vera bilan revansh jangini o'tkazish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. 2020 yilda bo'lib o'tgan dastlabki jangda SHon Marlonga mag'lub bo'lgan edi.
"Men Veraga qarshi — bu divizionimizdagi eng katta jang! Raqamlar nuqtai nazaridan, mening Aljemeyn Sterling bilan jangimdan ko'ra, Marlon Vera bilan jangim kattaroq masshtabga ega. O'ylashimcha, bu yirik jang 2023 yoki 2024 yilda tashkillashtiriladi", - dedi O'Melli.
SHon O'Melli 22 oktyabr kuni rossiyalik Petr Yan bilan bo'lgan jangda g'alaba qozonib, eng engil vazn reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib olgan edi. Marlon Vera esa so'nggi jangini 13 avgust kuni Dominik Kruzga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongandi.
Fikrlar