04 noy 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA

SHon OʼMelli: "Yan mendek jangchi bilan to'qnash kelishga tayyor emas edi"
Eng engil vazn toifasida UFC kamariga birinchi raqamli davogar SHon OʼMelli Petr Yanni mag'lub etgani haqida yana bir bor gapirdi.
"SHubhasiz, birinchi va uchinchi raundlarda g'alaba qozonganimga ishonaman. G'alabamdan g'azablanganlar Yan meni osongina mag'lub qilishini aytishdi. Lekin oktagonda men g'alaba qozondim. Endi esa odamlar bundan norozi. Jang natijasi haqida fikr bildirishdan oldin uni ko'rib chiqishni maslahat beraman.
Menimcha, Yanni hayratda qoldirdim. U mendek jangchi bilan to'qnash kelishga tayyor emas edi. CHap qo'lda yaxshi zarbalar yo'llab, hujumlarni o'tkazib yubordim. O'ylaymanki, Yan kutganidan ancha yaxshi harakat qildim", - dedi OʼMelli.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar