30 apr 15:13
Yangiliklar
SHon Striklend: "CHimaev – zaif odam. Men undan yaxshiroqman"
Bu esa raqibning nafaqat jangovar darajasini, balki oktagondan tashqaridagi shaxsiy fazilatlarini ham yana bir bor shubha ostiga qo'ydi.
"Men undan yaxshiroq ekanligimga chin dildan ishonaman, hech qanday shubha yo'q. Bunga ishonchim komil. U haqida bilganlarimdan, qafasda ham, tashqarisida ham u bilan o'tkazgan barcha tajribalarimdan kelib chiqib, u zaif odam va men undan yaxshiroqman deb hisoblayman. Hatto o'sha braziliyalik chiroyli Kosta ham uni qo'rqitib yubordi: "Meni ushlanglar, ushlanglar!" Qanday sharmandalik. Bunday xatti-harakatlar men uchun zaiflik va qo'rqoqlik belgisidir", - dedi amerikalik sportchi ochiq mashg'ulotdan so'ng jurnalistlarga.
Avvalroq Xamzat CHimaev raqibining hujumlarini jiddiy qabul qilmasligini malum qilib, uning xatti-harakatlarini cirkdagi masxarabozning ishiga qiyoslagan edi.
"Borz" chempionlik kamarini himoya qiladigan o'rta vazn toifasidagi chempionlik jangi 9 may kuni Nyuarkda bo'lib o'tadigan UFC 328 turnirining asosiy voqeasiga aylanadi.

Fikrlar