06 may 07:01
Yangiliklar
Boks/MMA
SHon Striklend: "CHimaevni to'xtata oladigan yagona odam - men!"
Sobiq chempion SHon Striklend Xamzat CHimaevga qarshi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
"U men ko'rmagan hech narsa qilmayapti va uni to'xtata oladigan yagona inson — menman. UFC bu jang urush bo'lishini biladi, chunki u 25 daqiqa davomida oyog'imni ushlab tura olmaydi. U kurashishga harakat qiladi, ammo men qarshi harakatlar qilaman va doim oyoqqa turib ketaman. Yoki u meni ag'darib bo'lmasligini tushunib, besh raund tik holatda jang qilamiz. Unda u xafa bo'ladi — men uni istaganimcha uraman.
O'zingni kuchli deb o'ylaysanmi? Ko'ramiz. CHuqur suvda kim yaxshi suza olishini ko'ramiz. Sen cho'kib ketasan. Menimcha, bu to'rtinchi yoki beshinchi raundda texnik nokaut bilan tugaydi", — dedi Striklend.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar