15 may 10:32
Yangiliklar
SHon Striklend janglardan nomalum muddatga chetlatildi
Endi SHon Striklend uzoq muddatli tiklanish jarayoniga olib kelishi mumkin bo'lgan jiddiy jarohatlar bilan kurashishi kerak. Uning so'zlariga ko'ra, unga ikkinchi darajali akromion-o'mrov bo'g'imining yorilishi, elka bo'g'im qismining yirtilishi, shuningdek, elka aylantiruvchi manjetining qisman yirtilishi tashxisi qo'yilgan.
"SHunchaki buni engib o'tishga to'g'ri keladi", - deb yozdi UFC chempioni ijtimoiy tarmoqda jarohatlarini sanab o'tib.
Nyu-Jersi shtati Atletika komissiyasi bayonotiga ko'ra, Striklend tibbiy ko'rikdan so'ng janglardan muddatsiz chetlatilgan. SHon jangdan biroz oldin mashg'ulot paytida elkasini chiqarib olgan, ammo oktagonga chiqishga qaror qilgan, bu esa jarohatini yanada og'irlashtirgan.
Hozircha SHon Striklendga jarrohlik amaliyoti kerak bo'ladimi yoki yo'q, bunisi nomalum. Bunday jarohatlardan keyin tiklanish uchun qancha vaqt ketishi ham malum emas. Ehtimol, o'rta vazn toifasida UFC chempioni bo'lgan Striklend oktyabr oyida Abu-Dabida o'tkaziladigan turnirda CHimaevga revansh uchun imkoniyat berar.

Fikrlar