13 may 08:24
Yangiliklar
SHon Striklend - Xamzat CHimaev haqida: "O'rtamizdagi nafrat haqiqiy edi"
Xelvani jangchi Xamzat CHimaevdan tresh-tok uchun kechirim so'rab, aytgan gaplarini ortga olganidan norozi bo'lgan edi.
"SHuning uchun ham men u bilan media sohasida ishlamayman. Sen — men hech qachon hurmat qilmaydigan parazitsan. Bu odamni birinchi marta uchratganimdayoq uning qay darajada ekanini tushunganman.
CHimaev bilan o'rtamizdagi nafrat haqiqiy edi. U men haqimda aytgan gaplar noto'g'ri edi, mening u haqida aytganlarim ham noto'g'ri bo'lgan. Nafrat va g'azab odamlarni shunday holatga olib keladi, balki bu hali ham qolgandir. Ammo biz qon to'kish orqali bir-birimizga hurmat qozondik va sening darajangdagi odam buni tushunishini hech qachon kutmasdim. Sen MMA olamidagi ayanchli parazit bo'lib qolasan, xolos", — deb yozdi Striklend X’dagi shaxsiy sahifasida.
Fikrlar