05 may 19:03
Yangiliklar
Boks/MMA
"SHon yutishiga umid qilaman". Aleks Pereyra Striklendga maslahat berdi
Sobiq chempion Aleks Pereyra SHon Striklendga Xamzat CHimaevga qarshi jang oldidan maslahat berdi.
"Jangdan oldin men unga boshqacha qarardim. Ammo u oktagonga chiqqan zahotiyoq uning yuzida boshqa insonni ko'rdim — u haqiqiy jangchi. Keyinchalik birga mashg'ulot o'tkazdik va men ko'p narsani o'rgandim. U juda tajribali. Striklend doim oldinga harakat qiladi va jeb zarbalarini tashlaydi — bu uning kuchli quroli.
Hamma biladi, men SHonni qo'llab-quvvatlayman. U xotirjam bo'lishi, oldinga harakatni davom ettirishi, teykdaunlardan ehtiyot bo'lishi va jeb hamda front-kikdan foydalanishi kerak. Men bu jangni juda intizorlik bilan kutyapman va u g'alaba qozonishiga umid qilaman", — dedi Pereyra.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar