So’nggi yangiliklar

10:36Анвар Анваров "Бриллиант Лига"нинг иккинчи босқичида қандай натижа кўрсатди? 0 10:13"Шунчаки сизларни зериктиргим келмади". Александр Усик Верхувен билан жанг ҳақида гапирди 0 09:48Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 4 та баҳс бўлиб ўтади 0 09:24Хамзат Чимаев Стрикленддан реванш сўрамоқда 0 08:59Ажойиб! Камилла Раҳимова дунёнинг 32-ракеткасини енгиб, "Ролан Гаррос" иккинчи даврасига йўл олди 0 08:34Жаҳонгир Расулов RCC Гран-приси финалига йўл олди 0 08:07Ўзбекистон МТЖ АҚШга жўнаб кетди (ФОТО) 0 19:04Расман! Асламжон Ортиқов ҳам ONE FC чемпионлиги учун жанг қилади! 0 18:40Фомин Молдова Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 18:16Шаҳрам Ғиёсов Тошкентга қайтиб келди (ВИДЕО) 0 17:51Чемпионлар Лигасида ўйнайдиган 29 та жамоа маълум 0 17:23Камилла Раҳимова ҳамда "Ролан Гаррос-2026": Ўзбекистон тенниси учун янги саҳифа 0 16:59"Ҳумо" Ўзбекистон очиқ чемпионати ғолибига айланди 0 16:32Шоҳжаҳон Эргашев: "Шаҳрамнинг жангини кўриб, шуни тушундим-ки..." 0 16:05Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун қайдномаси эълон қилинди: “Реал”дан бирорта футболчи йўқ 0

14 iyu 17:57
Yangiliklar

SHosse yo'nalishidagi bahslar yakunlandi, navbat trek dasturiga

Tailandning Rayong shahrida velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha U-20, U-23 yosh toifalari va kattalar o'rtasida Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 9 ta medalga sazovor bo'ldi. O'zbekiston velosiped sporti federaciyasining malum qilishicha, ushbu natija bilan terma jamoamiz 27 davlat orasida uchinchi o'rinni egalladi. Garchi yurtdoshlarimiz Parij-2024 Olimpiadasiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma beruvchi yo'nalishlarda shohsupaga ko'tarila olmagan bo'lishsada, qimmatli reyting ochkolarini o'z hisoblariga yozdirib qo'yishdi. Musobaqada sportchilarimiz quyidagi yo'nalishlarda shohsupaga ko'tarilishdi:

Oltin medal:
Olga Zabelinskaya (individual start poygasi, kattalar)
Yanina Kuskova (individual start poygasi, U-23)

Kumush medal:
Aralash jamoaviy poyga (kattalar)
Aralash jamoaviy poyga (U-23)
Asal Rizaeva (individual start poygasi, U-20)
Yanina Kuskova (guruh poygasi, U-23)

Bronza medal:
Aralash jamoaviy poyga (U-20)
Asal Rizaeva (guruh poygasi, U-20)
Begzod Rahimboev (guruh poygasi, U-23)

Terma jamoamiz ayni paytda Tailanddan Malayziyaga etib bordi. Sportchilarimiz endilikda 19 iyun kuniga qadar trek yo'nalishida qita birinchiligi uchun bahs olib borishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing