20 dek 12:04
Yangiliklar
Boks/MMA

SHovxal CHurchaev AQSH Ligasi bilan shartnoma imzoladi, bu UFC emas!
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi, pop-MMA jangchisi SHovxal CHurchaev faoliyatini AQSHda davom ettiradi.
U LFA (Legacy Fighting Alliance) Ligasi bilan shartnoma imzoladi. SHovxalning yangi tashkilotdagi ilk jangi 10 yanvar kuni o'tkaziladi. U Kaliforniyada tashkil etiladigan LFA 199 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi. 26 yoshli chechen sportchisiga o'sha kuni Mo'g'uliston vakili Enxtur Bayartsogt raqiblik qiladi.
Malumot uchun, SHovxal CHurchaev faoliyati davomida 7 ta jang o'tkazib, 5 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Bayartsogt hisobida esa 7 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar