27 may 13:49
Yangiliklar
Boks/MMA
"SHu jangni yutsam, TOP-10'ga kiraman" - Ramazon Temirov
Ramazon Temirov navbatdagi jangini qachon o'tkazishini anons qildi.
Avvalroq, Ramazon 25 iyul kuni Abu-Dabidagi turnirda UFC reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan avstraliyalik Stiv Ercegga qarshi jang o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Sportchimiz ushbu jangni tasdiqladi va o'z instagram sahifasiga posterini joylashtirdi.
"Assalomu alaykum vatandoshlarim. In sha Allah 25 iyul kuni Abu-Dabida sizlarni yana bir g'alaba bilan xursand qilishga harakat qilaman. SHu jangni yutsak, TOP-10 ga kiramiz. Duo qilinglar", - deb yozdi Ramazon ushbu surat ostiga.

Havola :
Manba : instagram.com/ramazan_temurov
Fikrlar