So’nggi yangiliklar

14:15"Фақат у мени ожиз ҳис қилдирган" — UFC афсонаси Хабибга қарши жанг ҳақида 0 13:42Дана Уайт: "Йен Гэррида Махачев билан жанг қилиш имконияти бошқа ҳеч қачон бўлмайди" 0 13:14Жошуанинг менежери жангни ташкил этиш кечикаётгани учун Яқин Шарқ ташкилотчиларини айблади 0 12:47Марадона "Худонинг қўли" билан гол урган тўп аукционда дахшатли суммага сотилди 0 12:20Уч спортчимиз Kazakhstan Junior Golf Invitational 2026 турнирида ғолиб ва совриндор бўлди 0 11:56Мераб Двалишвили ММА тарихидаги энг буюк жангчини айтди 0 11:29Макс Холлоуэй Ислам Махачевга қарши чемпионлик жанги учун тайёр! 0 11:01Мареска "Сити"нинг 18 йиллик рекордини янгилади 0 10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0 09:18Ҳусанов "Борнмут"га қарши ўйинда неча баллга лойиқ кўрилди? 0 08:52UFC Fight Night 285 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум - энг кўпи "Рицар"да! 0 08:28PFL турнирининг барча натижалари: "Киборг" Виейрага қарши, Рабаданов Ридерни нокаутга учратди 0 08:04Ўзбекистон — аралаш жамоавий баҳсларда Жаҳон чемпионати совриндори! 0

16 jan 12:16
Yangiliklar

Boks/MMA

SHu oy o'tkaziladigan va mag'lubiyatsiz bokschimiz ringga chiqadigan IBA turniri kardi tasdiqlandi + POSTER

30 yanvar kuni Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, "Lujniki"da o'tajak IBA.PRO 14 turnirida mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz Havasbek Asadullaevga (7-0, 5 KO) sobiq EBP chempioni, professionallar o'rtasida Rossiya chempioni Alan Xugaev (21-0, 10 KO)ga qarshi birinchi o'rta vazn toifasidagi 8 raundlik jangda qarshi ringga chiqadi.

Ushbu boks oqshomida yaqinda Dubayda o'tgan jahon chempionati g'olibi David Surov (+92), kumush medal sovrindorlari Evgeniy Kool va Edmond Xudoyan ham ringga ko'tariladi. Og'ir vazn toifasi vakili hisoblangan David Surov professional ringdagi debyut jangini o'tkazadi. U dominikanlik nokautchi Luis Alfredo Alkantara Gerrero (11-0, 10 KO,)ga qarshi ringga chiqadi. Bu turnirning co-main event jangi bo'ladi. 

Uch karra Rossiya chempioni Evgeniy Kool (1-0, 1 KO) 6 raundlik yarim o'rta vazn toifasidagi jangda Afrika o'yinlarining ikki karra sovrindori, Afrika-2017 chempioni, Olimpiada-2016 ishtirokchisi namibiyalik Jonas Junius Jonas bilan to'qnash keladi. 

IBA Pro turnirining asosiy jangi og'ir vaznda IBA.PRO Intercontinental kamari uchun o'tkaziladi va 10 raunddan iborat bo'ladi. Unda rossiyalik Murad Xalidov (11-0, 6 KO) kubalik Xose Larduet (15-1, 13 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.

Yana bir qiziqarli 10 raundlik jangda Evropa chempioni-2024, jahon chempionati-2023 bronza medali sovrindori, Rossiyaning olti karra chempioni, -48 kg vazn toifasida Dubayda bo'lib o'tgan JCH-2025 kumush medali sohibi Edmond Xudoyan WBA Asia kamari uchun filippinlik Jepleksa Kuirante (6-0, 3 KO) bilan hisob-kitob qiladi. 

Malumot uchun, IBA.PRO 14 turniri "Match TV" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

IBA.PRO 14 turnirining to'liq kardi:

Yarim engil vazn, ayollar, 6 raundlik jang:

Darya Abramova (Rossiya) - Mujgona Samadova (9-13, 2 KO, Tojikiston);


Yarim o'rta vazn, 6 raund:

Evgeniy Kool (1-0, 1 KO, Rossiya) - Jonas Junius Jonas (25-8, 4 KO, Namibiya);


Minimal vazn, 10 raund, WBA Asia kamari uchun:

Edmond Xudoyan (Rossiya) - Jepleksa Kuirante (6-0, 3 KO, Filippin).


Ikkinchi o'rta vazn, 8 raund:

CHeerav Ashalaev (1-0, Rossiya) - Artish Lopsan (14-2-2, 9 KO, Rossiya);


Yarim o'rta vazn, 8 raund:

Alan Xugaev (21-0, 10 KO, Rossiya) - Havasbek Asadullaev (7-0, 5 KO, O'zbekiston);


Og'ir vazn, 6 raund:

David Surov (Rossiya) - Luis Alfredo Alkantara Gerrero (11-0, 10 KO, Dominikan Respublikasi).


Og'ir vazn, 10 raund, IBA.PRO Intercontinental kamari uchun:

Murad Xalidov (11-0, 6 KO, Rossiya) - Xose Larduet (15-1, 13 KO, Kuba).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing