06 noy 10:48
Yangiliklar

SHukurjon Rahimov: Faqat chempionlik emas, "Rufat Risqiev kubogi" uchun ham kelganman
-60 kg vaznda yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan SHukurjon Rahimov chorak finaldagi g'alabasidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Mamlakat chempionatida har yili medal olaman. Murabbiylarimga rahmat, karantinda ham men bilan individual mashg'ulot olib borishdi. Yaxshi tayyorlandik, Xudo xohlasa, natija ham shunga yarasha bo'ladi. Hozirgi raqibim yosh. Bu boks- zo'rdan-zo'r chiqadi. Vaznimda SHunqor Abdurasulov, Abdumalik Halakovni favoritlar safiga kiritaman. Yoshlar katta bo'lyapti. O'zbekiston chempionati - Jahon chempionati degani va bu chempionatga faqatgina g'olib bo'lish uchun emas, "Rufat Risqiev kubogi"ni olish uchun ham kelganman", - dedi Rahimov.
Sarvinoz Rahmonqulova suhbatlashdi
Fikrlar