22 jan 14:43
Yangiliklar
Boks/MMA

SHukurjon Rahimovning professional boksdagi ilk raqibi aniq bo'ldi
Xabar berib o'tganimizdek, Osiyo chempionati sovrindori SHukurjon Rahimov 1 fevral kuni prof boksda debyut qiladi.
Rossiyaning Kaliningrad shahrida o'tkaziladigan jang oqshomida hamyurtimiz kimga qarshi bahs olib borishi aniq bo'ldi. Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, SHukurjon debyut jangini Janubiy Afrika Respublikasi vakili Ripfumelo CHikvambanaga qarshi o'tkazadi. Jang 6 raundga mo'ljallangan.
Malumot uchun, CHikvambana shu kungacha prof boksda 9 ta jang o'tkazgan va ularning 6 tasida g'alaba qozongan (4 ta nokaut). 3 ta jangda imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar