18 dek 19:18
Yangiliklar
Boks/MMA

SHunaqasi ham bo'lar ekan. UFC jangchisi ilk bor og'ir vazn limitini bajara olmadi
Ertaga tongda Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tadi.
Kechaning markaziy jangida Derrik Lyuis Kris Dakasga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bugun barcha jangchilar vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi. Vazn o'lchash marosimida kutilmagan holat ro'y berdi. Sababi og'ir vazn jangchisi Jastin Tafa UFC tarixida ilk bor og'ir vazn limitini bajara olmadi.
U vazn o'lchash marosimida 121,6 kg tosh bosdi, yani unda ortiqcha 450 gram vazn bo'lgan. SHu tariqa, jangchi UFC tarixida og'ir vaznlilar orasida kerakli vazni qila olmagan ilk jangchi sifatida tarixga kirdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar