So’nggi yangiliklar

07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0 14:19Тайсон - Пол жангида рекорд ўрнатилди - Netflix 0

03 mar 15:46
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

SHunchaki tavsiya! UFC’da qatnashish uchun jahannamdan qaytgan, Iroqda kurash olib borgan va g'alabalarini vafot etgan do'stlariga bag'ishlagan jangchi haqida

Teglar :  Brayan Stenn
Jangchilar oktagonda o'lishga rozi ekanliklarini tez-tez takidlashadi, lekin Brayan Stenn uchun bu quruq gap emas.


Qahramon

Brayan Stenn Iroqda xizmat qilganida har kuni o'lim bilan yuzma-yuz kelgan. UFC`ga esa milliy qahramon nomi ostida keldi. Stenn top jangchi bo'lmasada, uni hurmat qilmaslikning iloji yo'q.  “Boshqa yakkakurash sportchilari bilan taqqoslaganda jang men uchun umuman boshqa narsa. Ulardan farqim hayotim uchun kurashganligimda”, - deydi Brayan.

Brayan bolaligidan etakchi bo'lgan. Harbiy akademiyaga o'qishga kirganidan so'ng, jang qilishni o'rgandi.

Stenn Yaponiyaning havo-harbiy bazasi - Yakotada tug'ilgan. U ikki yosh bo'lganida otasi ketib qolgan, keyin onasi uni singlisi bilan Pensilvaniyaga olib kelgan. Onasi hamshiralik qilib ikkala farzandini voyaga etkazgan. Onasining ishi tufayli bandligidan Brayan ko'cha janglari orasida ulg'aygan. Uning birinchi jangi uchinchi sinfligida uni haqorot qilgan qo'shni bolani urishidan boshlangan va bu to'qnashuvdan Stennda "shram" ham qolgan.

Onasi “ Brayan etakchi bo'lib tug'ilgan. Bolalikda u boshliq, qolgan bolalar esa unga bo'ysunar edi”, - deb eslaydi.

Maktab davrida Stenn amerika futbolining ishqibozi bo'lgan. va hatto mashhurlikka ham erishgan. U juda yaxshi bo'lganidan yuqori sinfda o'qib yurgan vaqtlaridayoq dunyoning eng mashhur universitetlari unga qiziqish bildirishni boshlagan, biroq qo'lidagi jarohati maqsadlariga to'sqinlik qilgan. O'shanda Brayan dengiz harbiy kuchlari akademiyasiga o'qishga kirgan.

“Yuqori sinfdaligimda menda o'zgacha shaxsiyat borligini sezdim. Men har qanday narsaga jiddiy qarayman va ko'pchilik buni bilar edi. O'zimga o'xshaganlarni dengiz harbiy kuchlaridan topishga qaror qildim va bu ish berdi”, deb eslaydi qahramonimiz.

Akademiya davrida Stenn jang qilishni davom ettirgan, lekin faoliyati sportda bo'lishini orzu qilmagan, u qo'shinga qo'mondonlik qilishni xohlagan. Akademiyadan so'ng dengiz piyoda askarlari bo'linmasiga tushgan va u erda aralash jang sanati bilan shug'ullanishni boshlagan. AQSH 2003 yilda Iroqda harbiy harakat boshlaganligi sababli, u ham urushga ketdi, lekin mashg'ulot qilishni to'xtatmadi:

“Iroqdan qaytganimdan keyin birinchi professional jangimni o'tkazishni istaganman. Bunga dam olish kunlari hamda xizmatdan keyin kechqurun shug'ullanganim sabab bo'lgan”.

Brayanning orzusi amalga oshdi va kapitan bo'ldi. U Iroqda "do'zax"dan o'tgan: otryadi bilan pistirmaga tushgan.

Birinchi qatorda jang qilgan Stenn uchun urush haqiqiy qo'rquvga aylandi. U boshqargan piyodalar 2005 yil may oyida pistirmaga tushib qoladi. Brayan tankdan to'rt yaradorni olib chiqib, qo'shinga yordam beradi. Kechqurun jarohatlanganlarni vertolyot olib ketadi, ammo ularning chinqirig'i hali hamon uning quloqlari ostida jaranglaydi.

Urush haqida: “ Hamma bu qahramona harakat ekanligini aytishadi, biroq jiddiy talofat ko'rganlar ham bor edi. Bular men uchun yoqimli xotiralar emas, shuning uchun ulardan qochishga harakat qilaman”, - deb aytgan Brayan.

MMA`da debyutini nishonlaganida frontda xizmat qilgan. Janglaridagi g'alabalarini marhum do'stlariga bag'ishlagan.

Stenn harbiy xizmatdaligida janglarda ishtirok etish uchun tatil olgan. 2006 yilda MMA`da debyut qilib, ketma-ket oltita jangda g'alaba qozongan. O'zini sportda sinab ko'rish uchun 2008 yil armiyadan ketgan. Uning rafiqasi “Men endi undan qo'rqmayman. Brayan Iroqdagi voqealar haqida gapirishni istamaydi, hammasini ichida saqlaydi. U qafasga chiqqan paytda butun hissiyotlarini tashqariga chiqaradi”, deb takidlagan. 

Jang davomida Stenn vafot etgan insonlarni, asosan Anbar hududida urushda halok bo'lgan eng yaqin do'sti, leytenat Trevis Menonni eslaydi. 2008 yilda UFC`ga kirib kelganida, birinchi jangini do'sti hamda uning ko'z o'ngida otib o'ldirilgan to'rt quroldosh do'stiga bag'ishlaydi. 

Brayan “Qafasdaligimda hech kim o'qqa tutmaydi. Oktagondaligimda o'zimni hayot uchun kurashayotgandek his qilaman. Agar raqiblarim meni mag'lub etishni istashsa, ana shu darajaga ko'tarilishi lozim. Ular bo'lmagan joyda men bo'lganman. Ular ko'rmagan narsalarni ko'rdim. Qafasda raqiblarim nafaqat menga, balki harbiy o'tmishimga qarshi kurashishlari kerak”, deb aytgan.

Stenning takidlashicha, janglarini Karabildagi olti kunlik pistirma bilan taqqoslab bo'lmaydi:

“Bular boshqa-boshqa narsa. Agar UFC raqiblarimga qo'lbola portlovchi moslamalar bilan chiqishga imkon bersa, tribunada esa meni otish uchun snayperni qo'ysa, balki urushdagiga o'xshash bo'lardi”. 

Stenn top jangchi bo'lishiga natijalari etmadi. U janglarini xayriya bilan birlashtirdi.

Brayan faoliyatini 2013 yil Maykl Bisping va Vanderley Silvadan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng tugatdi. Uning natijasi yaxshi bo'lmaganiga qaramasdan UFC`dagi eng yaxshilar bilan jang qildi va buni tomoshabinlarga ko'rsatdi. Tashkilot uni urish qahramoni sifatida piar qilgan bo'lsada, u o'tmishini eslashni xohlamaydi:

“Odamlar harbiy bo'lganim uchun, zo'ravonlikni qo'llab-quvvatlaydi, deb o'ylaydi. Iroqda maktablarning tiklanganligi va do'konlarning ochilishi urushdagi eng yaxshi xotiralar. Mamlakat iqtisodiga pul kiritish, zarar ko'rgan oilalar uchun yordam bo'lali. Men ilgari hech qachon ko'rmagan odamlarim va ular uchun tinchlik davrining kelganligi eng yaxshi lahzalarim”.

Stenn hali ham o'tmishini unutolmaganligini aytadi. U o'zini sportda topdi, lekin hamkasblarining ko'pchiligi chetda qoldi. Brayan urush faxriylariga ish topish uchun xayriya tashkiloti tuzib, ular uchun etakchiga aylandi. Urushda qatnashganlarning ishsizlik darajasi mamlakat bo'yicha ikki baravar ko'p va Stenn yuzlab odamlarning ish topishiga yordam berdi.

Brayan “Men shunchaki xayriyada qatnashmayman, o'sha sohada ishlayman. Bu odamlar bilan birga bo'lish hamda yordam berish usulim. Ularning boshidan kechirganlarini tasavvur qilish qiyin, biroq Amerika orzusi uchun ularda hech qanday imkoniyat yo'q”, deydi.

Stenn faoliyatini tugatganidan keyin UFC`da sharhlovchi bo'lib ishlashni boshladi. U bunga aynan armiya yordam berganligini takidlaydi. Har juma yuzlab askarlarga dam olishga chiqishidan oldin nutq so'zlagan. Dengiz piyodalarida xizmatda bo'lganida, ommaviy tadbirlarda ham so'zga chiqqan. Brayan sharhlovchilik ishini tugatgan bo'lsa ham, unda oldinga intilishda davom etish va o'zini topishda hech qanday shubha yo'q. Iroqdagi jahannamdan qaytgan tug'ma qobiliyatli etakchi uchun hayotda hech qanday qiyinchiliklar yo'q. 

Sports.ru saytidan Ozoda Qayumova tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing