10 sen 16:52
Yangiliklar
SHaxmat
Sindarov rapid bo'yicha dunyo reytingida 2-o'ringa ko'tarildi. Oldinda faqat afsona bor!
Hamyurtimiz Javohir Sindarov kecha Global Chess League doirasida franciyalik Alireza Firuzjani mag'lubiyatga uchratgan va jamoasiga umumiy g'alabani olib bergandi.
Ushbu qozonilgan muhim g'alabadan so'ng (+10.6) Sindarov jonli rapid reytingida dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi.
Hindiston turniridagi umumiy sermahsul ishtirok Javohirga jami +10.6 ochko olib keldi va uning jonli reytingini 2742.6 ballga etkazdi. Birdaniga 4 pog'onaga yuqorilagan 19 yoshli grossmeysterimizdan oldinda endi faqat Magnus Karlsen (2806.5) bor.

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar