05 okt 17:39
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Sinxron suzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida ikkita medalga ega chiqdi
Hindistonning Ahmadobod shahrida o'tkazilayotgan suv sporti turlari bo'yicha Osiyo chempionatida sinxron suzish bellashuvlari start oldi.
Musobaqaning ilk kunida Sabina Mahmudova ayollar o'rtasidagi texnik solo dasturida kumush medalni qo'lga kiritdi. U hakamlar tomonidan jami 222,1600 ballga loyiq ko'rildi. Erkaklar o'rtasidagi solo dasturida esa Ivan Medvedev ikkinchi natijani qayd etdi.
Erkin dasturda ishtirok etgan terma jamoamiz esa 180,9401 ball bilan bronza medaliga ega chiqdi.
Birinchi kun natijalar:
Kumush:
Sabina Maxmudova — 222.1600 ball
Ivan Medvedev — 136,2917 ball.
Bronza:
O'zbekiston terma jamoasi — 180,9401 ball.
Havola :
Manba : aquatics.uz
Fikrlar