05 okt 15:41
Yangiliklar

UFC 320 turniri bonuslari: Proxazka 100 000 dollarga ega chiqdi
Bu safar avvalgilaridan farqli ravishda 4 ta emas, 5 ta bonus egalari aniqlandi. Ulardan ikkitasi yarim og'ir vazn toifasi vakili Irji Proxazkaga nasib etdi. CHexiyalik ishtirokidagi to'qnashuv "Turnirning eng yaxshi jangi" deb topildi. Irji shuningek, "Oqshom namoyishi" uchun ham bonus oldi. Bu bilan Proxazka kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 100 000 dollar ham ishlab oldi.
Barcha hakamlarning kartochkalari bo'yicha Xalil Rauntriga ikki raund natijalariga ko'ra yutqazib turgan Irji tavakkal qildi va amerikalik raqibini so'nggi uchinchi raundda nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi.
Yana bir bonus chempionlik kamarini qaytarib olgan braziliyalik Aleks Pereyraga nasib etdi. U raqamli musobaqaning asosiy jangida 80 soniya ichida rossiyalik Magomed Ankalaevni texnik nokautga uchratib, yarim og'ir vazn toifasida yana UFC chempioniga aylandi.
Ko'rsatgan jangi uchun bonus bilan taqdirlangan to'rtinchi jangchi amerikalik o'rta vazn toifasi vakili Jo Payfer bo'ldi. U ikkinchi raundda Germaniya sharafini himoya qilayotgan dog'istonlik Abusupyan Magomedovni bo'g'ish usuli evaziga taslim etdi.
Fikrlar