05 okt 14:45
Yangiliklar
Sport kurashlari

Razambek Jamalov CHechenistondagi kurash turnirida Ramzan Qodirov bilan uchrashdi (FOTO)
2-3 oktyabr kunlari CHechenistonning Grozniy shahrida erkin kurash bo'yicha mamlakat birinchi rahbari - Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
Musobaqada erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi safida Olimpiya o'yinlarining oltin medalini qo'lga kiritgan asli chechen sportchisi Razambek Jamalov ramziy mehmon sifatida ishtirok etib, CHechenistonning amaldagi rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashdi.
"Hammasi alo darajada o'tdi. Ramzan Axmatovich, sportga bo'lgan katta etiboringiz va qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat! Erkin kurash bo'yicha bunday muhim va tarixiy turnir qayta tiklanganidan juda xursandman", deydi sportchi.
Havola :
Manba : minsportchr
Fikrlar