So’nggi yangiliklar

16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0

05 okt 18:18
Yangiliklar

Boks/MMA

To'rabek Xabibullaev: "Bunday musobaqalarda hech kim yutqazaman deb ringga chiqmaydi"

MOQ axborot xizmati Jahon chempionati g'olibi To'rabek Xabibullaev bilan suhbat uyushtirdi.

– Jahon chempionatidagi eng og'ir jang qaysi bo'ldi?

– Jahon chempionatida har bir raqib kuchli. Bunday musobaqalarda hech kim yutqazaman deb ringga chiqmaydi. Hamma bor kuchi bilan jang qiladi. Liverpulda yarim final va final janglari avvalgilariga nisbatan qiyinroq bo'ldi. Murabbiylarim tomonidan berilgan to'g'ri ko'rsatma meni oltin medal sari etakladi.

– Parij-2024 Olimpiadasidan keyin birdan katta vaznga o'tildi. Bu vazn yig'ishda qiyinchilik tug'dirmadimi?

– Avval musobaqalardan oldin katta miqdorda vazn tashlar edim. Keyinchalik bu jarayon qiyinchilik tug'dira boshladi. Olimpiadadan keyin ustozlarim yuqoriroq vazn toifasiga o'tishni maslahat berishdi. Bu taklifni qabul qildim. Aytganimdek, oldindan tabiiy vaznim yuqoriroq bo'lgani uchun yangi toifada katta qiyinchilik sezilmadi.

– Los-Anjeles-2028 Olimpiadasiga tayyorgarlik yo'lida yana qanday jihatlar ustida ishlashingiz kerak deb hisoblaysiz?

– Asosiysi, yanada kuchli bo'lib tayyorlanishim kerak. Ikkinchi Olimpiadamdan faqat oltin medal bilan qaytishni maqsad qilganman. Albatta, buning uchun ko'proq mehnat qilish va tezligim ustida ishlashim kerak bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing