13 iyu 19:22
Yangiliklar
Sinxron suzish. Sportchilarimizning tayyorgarligi yana bir bor imtihon qilindi + FOTO
Mamlakatimiz sportchilari orasida birinchi bo'lib musobaqaga sinxron suzish ustalari kirishadilar. Bugun kunning ikkinchi yarmida sinxron suzish bo'yicha bir necha bor Olimpiya o'yinlari hamda jahon chempionatlari g'olibasi, O'zbekiston terma jamoasi maslahatchi murabbiyi Elena Azarova boshchiligida qizlarimiz so'nggi tayyorgarlik mashg'uloti o'tkazishdi.
Mutaxassislarning so'zlariga ko'ra, terma jamoamiz azolarining jismoniy va ruxiy holatlari alo darajada bo'lib, bo'lajak jahon chempionatiga ham ko'tarinki kayfiyatda hozirlik ko'rishgan.
Jahon chempionatining dastlaki kuni sportchilarimiz ikki bor chiqish qilishadi. Ertalabki dasturda Gulsanam Bukina (texnik solo) bahslarga kirishsa, kunning ikkinchi yarmida Ziyoda Toshxo'jaeva hamda Diana Onkes juftligi duet mashqlarida o'z mahoratlarini namoyish etishadi.
Biz esa sportchilarimizga bo'lajak musobaqalarda omad va zafar tilaymiz.
Fikrlar