27 iyu 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Siril Gan Frensis Ngannuga qarshi jang qilmoqchi
UFC jangchisi Siril Gan Aleksandr Volkovni mag'lub etganidan so'ng yaqin oradagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Juda ham baxtliman. Bugun vaznimdagi eng kuchli jangchilardan birini mag'lub etdim. Volkov mendan kattaroq va og'irroq edi. Bugungi jangim orqali chempionlikka yaqinlashishimni bilgandim.
Ngannuga qarshi jangga tayyorman. Avvallari undan qo'rqardim, hozir esa unday emas. Agar jangimiz tashkil etiladigan bo'lsa, bu men uchun katta "chaqiruv" bo'ladi", - dedi Gan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar