So’nggi yangiliklar

13:57"Реал"нинг апелляцияси рад этилди — Маrca 0 13:05Адесанья Пайфердан учралган мағлубиятга муносабат билдирди 0 12:22Бугун Жавоҳир Синдаров "Номзодлар турнири"даги иштирокини бошлайди 0 11:44Дана Уайт Макгрегорнинг қайтиши ва Махачевнинг навбатдаги жанги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:00Салоҳ Италия чемпионатига қайтиши мумкин 0 10:19Арман Царукян Пулласни реваншда ҳам мағлуб этди 0 09:45Себастьян Фундора ва Кит Турман жанги 6-раундда якунланди 0 08:30UFC Fight Night 271. Исраэль Адесаньяни техник нокаутга учратишди 0 06:58Мадагаскар Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 06:37Майами WTA 1000 турнири бош соврини ҳамда "лимон" кимга насиб этди? 0 06:16Мозес Итаума - Жермейн Франклин жангида нокаут қайд этилди 0 18:17"Учрашувда" — Царукян Нина Драма билан тушган сурати орқали Пулласни "тролл" қилди + ФОТО 0 17:29"Реал" "янги Вальверде"ни кузатмоқда 0 17:04Райан Гарсия навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 16:23Макгрегор Махачев ва Перейра жанглари савдосига кулиб қўйди 0

06 fev 15:54
Yangiliklar

Boks/MMA

Siril Gan jamoasi Frensis Ngannu bilan revansh jangini so'rayapti

Teglar :  NgannuSiril Gan
Siril Gan murabbiyi va menejeri Fernand Lopes Parijda Gan va Ngannu o'rtasida revansh jangi tashkillashtirilishi kerakligini takidladi.

"Men keyingi jangimiz Franciyada, Ngannu bilan bo'lishini xohlayman. Ehtimol, UFC bu haqida unchalik ham bosh qotirmayotgandir. Agar, ular Frensis bilan yuzaga kelgan muammonni hal qilsa, uni Jon Jons bilan jang qilishga undaydi.

Menejer sifatida yana shuni ayta olamanki, Siril Frensis bilan jangdan ko'p pul topdi, uning vaqti ko'p. Biz olti-etti oy kutishimiz mumkin, bu vaqtda ular Frensis bilan bog'liq muammolarni hal qilishi ham mumkin. Menimcha, jang yaqin, yaqin oradagi janglar haqida gap ketganda, biz har doim revanshlar haqida gaplashamiz, chunki, bu ahamiyatga ega. 

Agar, mendan so'rasangiz, men menejer sifatida Parijda revansh jangini o'tkazardim. Agar, ular Parijda jang qilsa, Frensis ko'p pul ishlab oladi. Franciya, Afrika bu jang uchun aqldan ozgan. Frensisning ko'pchilik muxlislari — Parijda yoki umumiy Evropa qitasida yashovchi afrikaliklardir. Agar, bu jang Franciyada tashkillashtirilsa, bu shunchaki, "bomba" bo'ladi", —   deya takidlab o'tgan franciyalik mutaxassis o'z intervyusida.

Eslatib o'tamiz, og'ir vazn toifasidagi jang 22 yanvar sanasida, Anaxaymda, UFC 270 turniri doirasida bo'lib o'tdi. Unda ochkolar evaziga Frensis Ngannu g'olib deb topildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing