17 okt 08:34
Yangiliklar
Tennis

Six Kings Slam. Yannik Sinner Jokovichga imkoniyat qoldirmadi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o'tkazilayotgan ko'rgazmali maqomdagi turnirning finaliga yo'l oldi.
Italiyalik tennischi 1/2 final bahsida ATP reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqdi va ortiqcha qiyinchiliksiz nomdor raqibini mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/2.
Ko'rgazmali maqomdagi turnirlardagi o'zaro uchrashuvlarni inobatga olmaganda, Sinner 6:4 hisobida oldinda bormoqda. Oltmish uch daqiqa davom etgan bahsda Sinner 10, Jokovich 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Breyklar bo'yicha ustunlik Yannik tomonida bo'ldi - 3 ga 0.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar