23 dek 12:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Skala WWE va UFC`dan 80 mln dollar ishladi
Gollivud yulduzi, 53 yoshli afsonaviy kurashchi Dueyn "Skala" Jonson ikki yil davomida WWE va UFC`ga egalik qiluvchi TKO direktorlar kengashidagi haqqini oldi.
U TKO direktorlar kengashida ishlagani uchun 80 million dollar ishlab topdi. Bu haqda Wrestling Observer jurnalisti va kurash insayderi Deyv Meltcer xabar berdi.
SHu bilan birga, Meltcerning aniqlik kiritishicha, bu summaga mashhur kurashchi World Wrestling Entertainment (WWE) shousida o'z merchini sotish va boshqa chiqishlari uchun to'lovlar bo'yicha shartnomasiga ko'ra oladigan pullar kirmaydi.
TKO Group Holdings - sport va sport ko'ngilochar sohalarida faoliyat yurituvchi Amerika kompaniyasi bo'lib, WWE sobiq prezidenti Vinc Makmen ham uning asoschisi hisoblanadi. Hozirda TKO WWE va UFC kabi promoushenlarga tegishli.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar