27 iyu 22:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Temirovga raqobatchi Asu Almabaev UFC'da navbatdagi g'alabasini nishonladi. U Ramazon mag'lub etgan jangchini taslim qildi
Qozog'istonlik aralash yakka kurash ustasi Asu Almabaev navbatdagi jangini o'tkazdi.
32 yashar sportchi turnir asosiy kardi doirasida amerikalik CHarlz Jonsonga qarshi jang qildi.
O'ta engil vazn toifasida tashkil etilgan 3 raundlik bahsda Asu raqibini uchinchi raundda sabmishen orqali taslim etishning uddasidan chiqdi.
Jang oldidan Asu UFC reytingida etti, Jonson esa o'n beshinchi o'rinni egallab turgandi.
Eslatib o'tamiz, CHarlz Jonson 2025 yilda hamyurtimiz Ramazon Temirovga qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar