21 may 15:01
Yangiliklar

Slalomda eshkak eshish bo'yicha Rossiya terma jamoasi etakchilaridan biri O'zbekistonga o'tdi, u Los-Anjeles-2028 medalini qo'lga kiritish ilinjida
35 yashar Eygel 2018 yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori hisoblanadi. Rio-de-Janeyro shahrida o'tgan dunyo birinchiligida u slalomda eshkak eshish yo'nalishida Rossiya tarixidagi ilk medalni qo'lga kiritgan edi. Moskvada tug'ilgan Pavel yakkalikda uch karra Rossiya chempioni, bitta kumush va ikkita bronza medali sohibi.
Sportchi O'zbekiston terma jamoasi uchun allaqachon musobaqalarda ishtirok etishni boshlab yuborgan. U hozirda Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samuel Ernans qo'l ostiga o'tgan O'zbekiston terma jamoasi bilan aynan Ispaniyada Jahon kubogiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
(Suratda Pavel Eygel o'ng tomondan ikkinchi)
Ispaniyadagi mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan sportchilarimizning to'liq ro'yxati:
S-1:
Anvar Klevleev
Abubakir Bukanov
SHerzod Qurbonaliev.
K-1, KMX:
Jonibek Temirgaliev
Pavel Eygel
Hayotbek Abdullaev
Doniyor Islomov
Samandar Saydullaev.
Fikrlar