29 noy 11:43
Yangiliklar
Sobiq Bellator chempioni Vadim Nemkovga PFL Ligasida so'nggi jang berildi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi uchun bu PFL Ligasidagi shartnoma bo'yicha so'nggi jang bo'ladi. Kelishuv yakuniga etishi bilan u boshqa Ligalar, xususan UFC bilan muzokara qilishi mumkin bo'ladi.
"Hozir ko'nglim jang istayapti. Sana, manzil va raqib bor. Rasmiy tasdiqlov bo'lmaguniga qadar, raqibimning kimligini ayta olmayman. Bor etiborim shartnoma bo'yicha so'nggi jangimga qaratilgan. Keyin boshqa ligalarga o'tish haqida o'ylasam bo'ladi", – dedi Nemkov.
Xabarda aytilishicha, Vadim Nemkov 25 yanvar kuni Dubay shahrida o'tkaziladigan PFL turnirida oktagonga chiqadi. U shu yilning fevral oyida Ar-Riyodda o'tgan PFL va Bellator promoushenlarining qo'shma turnirida og'ir vazn toifasida muvaffaqiyatli debyut qilgandi. O'shanda Vadim ikkinchi raundda sobiq PFL chempioni Bruno Kappelozzani uchburchak usuli bilan muddatidan avval mag'lub etgan edi.
Fikrlar