15 apr 12:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq bokschi: "Kanelo bilan uchinchi jang Golovkin uchun yomon tugaydi. U shafqatsizlarcha kaltaklanadi"
Britaniyalik sobiq bokschi Toni Bellyuning fikricha, Gennadiy Golovkin Saul Alvares bilan uchinchi jangda yaqqol autsayder bo'ladi.
"Golovkinning Murata bilan jangi ko'p narsani isbotladi. U zaif, qarigandek bo'lib ko'rindi, kuchli pancher bo'lmagan odam uni qiynab qo'ydi. Uning o'rnida bo'lsam, Kaneloga yaqinlashmasdim. Menimcha, buning yakuni yomon bo'ladi. Yosh o'z tasirini o'tkazdi, bu aniq ko'rindi. Golovkin avvalgidek emas, uning Kanelo bilan uchinchi jangda shafqatsizlarcha kaltaklanishini ko'rmoqchi emasman, shunday bo'lishi aniq.
Haqiqat shuki, ularning so'nggi jangidan buyon faqat bir jangchi yaxshilandi va biz u kimligini bilamiz. U nafaqat yaxshilandi, balki ancha kuchaydi ham, o'ylashimcha, ular yana jang qilsa, nima bo'lishi aniq", - deya Bellyuning so'zlarini keltiradi BoxingScene.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar