14 apr 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq chempion CHimaev - Striklend jangiga taxmin berdi
UFC sobiq chempioni SHon O’Melli Xamzat CHimaev va SHon Striklend o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
"Menimcha… Xamzat g'alaba qozonadi. U uni parterga o'tkazadi, yuqoridan nazorat qiladi, yoki urib tashlaydi, yoki sabmishen qiladi. Lekin bu 25 daqiqa — Striklendda juda kuchli chidamlilik bor. Biz uni bunday holatda to'liq ko'rmaganmiz: uni erga o'tkazishadi, u turadi, yana o'tkazishadi, yana turadi.
SHuning uchun bu jang juda qiziq. Men Xamzat uni erga o'tkazsa, Striklend yana turib, oldinga yurib, haqiqiy “urush” qilganini ko'rishni istardim. Agar bunday qilishga qodir kimdir bo'lsa, bu aynan Striklend. Baribir men Xamzatda imkoniyatlar ko'proq deb o'ylayman", — dedi O’Melli.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar