11 jan 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq chempion Terens Kroufordga "vyzov" tashladi
Isroil Madrimov qiynab qo'ygan amerikalik engilmas bokschi bilan jang qilish istagini bildirayotganlar yana bittaga ko'paydi.
Birinchi o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jeyson Rosario ikki vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni, birinchi o'rta vaznda amaldagi WBA chempioni Terens Kroufordga qarshi jang o'tkazmoqchi.
"Terens bilan jang qilish ko'pchilik bokschilarning orzusi hisoblanadi. Ular safida men ham borman. Krouford o'z zamonasining buyuk bokschisi ekanini isbotladi. Men ana shu tarixning bir bo'lagi bo'lishni xohlayman", — deya Rosarioning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.
Malumot uchun, Jeyson Rosario 1 fevral kuni AQSHning Las-Vegas shahrida amerikalik istedodli bokschi Xesus Alexandro Ramosga qarshi o'n raundlik jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar