26 apr 12:38
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol

Sobiq futbolchi Patris Evra MMAda debyut jangini elon qildi va raqib sifatida Suaresni xohlamoqda
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi, 43 yoshli Patris Evra o'zining aralash jangovar sanatlar (MMA)dagi debyut jangini elon qildi.
U 23 may kuni Parijda bo'lib o'tadigan PFL turnirida ishtirok etadi. Hozircha Patrisning raqibi nomi elon qilinmagan, ammo u raqib sifatida urugvaylik mashhur futbolchi Luis Suaresni ko'rishni xohlashini aytdi.
"Men rasman PFL'dagi debyut jangim uchun tayyorgarlik ko'ryapman. Ular menga raqib tanlab berishadi. Ular kim bilan jang qilishni istashimni so'rashdi va men "Luis Suares!" deb javob berdim. Agar kerak bo'lsa, bu jang uchun o'zim pul to'lashga ham tayyorman. U meni tishlab ham olishi mumkin", — dedi Evra MMA Fighting nashriga.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar