30 avg 15:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq jahon chempioni 150 kg tosh bosgan raqibiga qarshi to'liq jang o'tkazdi + FOTO
Germaniyaning Braunlag shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangida birinchi og'ir vaznda sobiq jahon chempioni Marko Xuk 15 oylik tanaffusdan so'ng ringga ko'tarildi.
U vatandoshi Dennis Levandovskiga qarshi jang o'tkazadi. Levandovski Xukdan oz emas, ko'p emas, 50 kg og'irroq bo'lib, uning vazni 150 kilogrammni tashkil etdi. Bu Markoni qo'rquvga solmadi va u ringda birinchi raqam ostida harakat qildi.
O'n raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va yakunda g'olib nomi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Uchchala hakam ham bir ovozdan va bir xil 100:90 hisobidagi g'alabani 35 yoshli Marko Xukka taqdim etishdi.
Havola :
Fikrlar