14 iyu 08:54
Yangiliklar

Sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin faoliyatini yakunladi
"Yillar o'zinikini oladi. Bir qarorga keldim. Professional sportchilik faoliyatim yakunlandi", — deya qaroriga izoh berdi Povetkin.
Koronavirusga chalinganidan so'ng bokschining sog'lig'i bilan bog'liq muammolar paydo bo'lgandi. Povetkin holatiga qarab bir qarorga kelishini aytib kelayotgan edi. Nihoyat, kecha u qo'lqoplarini mixga ilganini elon qildi.
Malumot uchun, 41 yoshli Aleksandr Povetkin havaskorlar o'rtasida Olimpiada chempioni, jahon chempioni, ikka karra Evropa chempioni, "Yaxshi niyat" o'yinlari g'olibi, Profession boksda vaqtinchalik WBC (2020—2021), Muntazam WBA (2011—2013), WBC Silver (2014—2016), WBO International (2017—2018) hamda WBA Inter-Continental (2017—2018) chempionlik kamarlari sohibi bo'lgan.
Fikrlar