01 may 14:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq jahon chempioni Toshkentda ringga ko'tariladi + POSTER
Xabaringiz bor, 29 may kuni poytaxtimiz katta professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi.
Malum bo'lishicha, "Humo Arena"da o'tkaziladigan kechada yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi bo'yicha sobiq jahon chempioni, kubalik Robeysi Ramires ham ishtirok etadi. Ramiresga turnir doirasida Tojikiston vakili Asror Vohidov raqib bo'ladi.
Malumot uchun, Robeysi faoliyati davomida 17 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangida meksikalik Rafael Espinozaga mag'lub bo'lib, chempionlik kamaridan ayrilgan edi.
Asror Vohidov hisobida esa 13 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
Oqshomning markaziy jangi hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev hamda Venesuela vakili Egli Moskeda o'rtasida kechadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar