29 may 21:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Manba - Toshkentdagi prof boks oqshomining markaziy jangi bekor qilindi
Poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida yulduzli prof boks kechasi bo'lib o'tmoqda.
Musobaqaning asosiy bahsi kubalik sobiq jahon chempioni Robeysi Ramires va Tojikiston vakili Asror Vohidov o'rtasida kechishi kerak edi.
Yarim engil vazn toifasida WBC Eurasia kamari uchun o'tkazilishi mo'ljallangan mazkur bellashuv bekor qilindi.
Boxer TV nashrining malum qilishicha, jang bekor qilinishiga Ramiresdagi tibbiy muammolar sabab bo'lgan.
35 yoshli Robeysi prof faoliyati davomida hozirgacha 17 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgandi.
Havola :
Manba : Boxer TV
Fikrlar