15 iyu 17:03
Yangiliklar
"UzChess Cup" - Muhiddin Madaminov chempion!
Mukofot jamg'armasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat turnirida so'nggi 9-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Turnirning "Masters" guruhida hamyurtlarimiz sovrinli o'rinlar uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turganliklari haqida xabar bergandik.
9-tur yakuniga ko'ra, Muhiddin Madaminov va SHamsiddin Vohidov 5,5 ochko jamg'ardi. SHu sababli, g'olibni aniqlash uchun tay-breyk tashkil etildi.
Tay-breyk yakuniga ko'ra, Muhiddin Madaminov 1,5:0,5 hisobida g'alaba qozondi va turnir g'olibiga aylandi.
Malumot uchun, "Masters" turniri chempioni 20 000 AQSH dollariga ega bo'ladi. Ikkinchi o'rin egasi 15 000, sovrinli uchinchi pog'onadan joy olgan shaxmatchi 10 000 dollar bilan taqdirlanadi.

Fikrlar