So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

15 iyu 11:08
Yangiliklar

SHaxmat

UzChess Cup III. Nodirbeklarda alamli mag'lubiyat. Bugun Madaminov yoki Vohidov chempion bo'lishi mumkin

Bugun poytaxtimiz mezbonligida davom etayotgan mukofot jamg'armasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat turnirida so'nggi 9-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.

Uchinchi bor tashkil etilayotgan UzChess Cup III musobaqasi “Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlarida o'tkazilmoqda. Bosh sovrin uchun dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari bahs olib boryapti. 

To'qqiz turdan iborat klassik shaxmat musobaqasida kecha 8-tur partiyalari o'tkazildi. Musobaqa kashfiyotiga aylanib ulgurgan Muhiddin Madaminov hindistonlik grossmeyster Arjun Erigaisiga qarshi kechgan uchrashuvda g'alabani qo'ldan chiqardi va durang natija bilan kifoyalandi. 

Afsuski, 8-turda ikki Nodirbek mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Abdusattorov qo'pol xatosi evaziga autsayder greciyalik Nikolas Teodoruga yutqazib qo'ydi. Yakubboev esa ozarbayjonlik SHaxriyar Mamedyarovdan engildi. SHamsiddin Vohidov hindistonlik grossmeyster Vidit Santosh Gujrathi bilan murosaga keldi. Rossiyalik Yan Nepomnyashiy oq donalarda amerikalik Hans Mok Niemanndan ustun keldi. 

Sakkizinchi turdan keyin turnir jadvalida SHamsiddin Vohidov va Muhiddin Madaminov 5 ochkodan jamg'arib, qo'shhokimni davom ettirishyapti. SHaxriyar Mamedyarov va Yan Nepomnyashiy kechagi muhim g'alabalari evaziga o'z ochkolarini 4,5 taga etkazib, Top-4`ga kirib oldi. Nodirbek Abdusattorov 4 ochko 5-o'ringa tushdi. Arjun Erigaisi hisobida ham 4 ochko bor. Nodirbek Yakubboev va Hans Niemann 3,5 ochko bilan ettinchi hamda sakkizinchi pog'onalarni band etgan. Vidit Santosh va Nikolas Teodoru 3 ochko bilan autsayder maqomida bo'lib turibdi. 

Bugun turnirda so'nggi 9-tur uchrashuvlari o'tkaziladi hamda barcha uch guruhda g'olib va sovrindorlar malum bo'ladi. Bizni ajoyib o'zbek derbisi kutib turibdi - Nodirbek Abdusattorov SHamsiddin Vohidovga qarshi! Nodirbek SHamsiddinni chempionlikdan mahrum qilishi mumkin. Muhiddin Madaminovda ham chempion bo'lish uchun yaxshigina imkoniyat bor - u bugun qora donalarda Hans Mok Niemannga qarshi bahs olib boradi. So'nggi 9-tur bugun soat 11:30da boshlanadi.

Malumot uchun, "Masters" turniri chempioni 20 000, “Challengers” guruhi g'olibi 6 000, “Futures”da bosh sovringa ega chiqqan shaxmatchi esa 4 000 AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo'lga kiritadi. "Masters" turnirida ikkinchi o'rin egasi 15 000, sovrinli uchinchi pog'onadan joy olgan shaxmatchi 10 000 dollar bilan taqdirlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing