09 fev 12:45
Yangiliklar

Sobiq jahon chempioni Usikka qarshi jang oldidan Fyurini ogohlantirdi
Tonining fikricha, superog'ir vaznda WBC kamari sohibi bo'lib turgan Tayson Fyuri WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usikka qarshi kechadigan jangga ruhan tayyor bo'la olmaydi. Tayson aynan ruhiyat masalasida ukrainalik chempionga yutqazadi.
"Ochig'ini aytsam, Usikning fikrini o'qish qiyin. U nima haqda o'ylayapti, buni bilmayman. Tan olaman, Usik ingliz tilini yaxshi bilmaydi deb o'ylardim. Lekin o'zaro jangimizda meni mag'lub etganidan keyin u kiyinish xonamga kirib, sof ingliz tilida gaplashdi. O'shandan keyin men uning katta muxlisiga aylandim. Ishoning, uning fikrlash darajasi umuman boshqacha. Bundan xislatni men boshqa bokschilarda hali ko'rmadim. Tayson Usikka eta olmaydi", — dedi Bellyu.
Fikrlar