01 jan 15:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq Octagon League chempioni yangi promoushen bilan shartnoma imzoladi + POSTER
Taniqli aralash yakkakurash ustamiz Islom Boltaev faoliyatini yangi ligada davom ettiradi.
U ham ko'pchilik MMAchilarimiz singari yaqindagina yurtimizda tashkil etilgan "Mangu MMA" promousheni bilan shartnoma imzoladi. Boltaev ham katta ehtimol bilan 7 fevral kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena"da o'tkaziladigan liganing birinchi turnirida oktagonga chiqadi.
Islom Boltaevga qadar Muhiddin Mamajonov, Amirxon Alixo'jaev, Xotambek Boynazarov, Furqatbek Yoqubov va Suhrob Mirzavaliev ham "Mangu MMA" promousheni bilan shartnoma imzolagan edi. Islom Boltaevning MMAdagi rekordi 6 g'alaba va 4 mag'lubiyatdan iborat.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar