14 dek 10:20
Yangiliklar
Sobiq UFC chempioni 40 yoshli Kris Sayborg PFL kamarini qo'lga kiritdi
Oqshomning ushbu co-main event jangida braziliyalik MMA faxriysi, sobiq UFC, Bellator, Strikeforce va Invicta FC promoushenlari chempioni Kris Sayborg avstraliyalik raqibasi Sara Kollinzga qarshi oktagonga chiqdi. Jangning uchinchi raundida tajribali Sayborg Sarani bo'g'ish usuli bilan taslim etdi.
SHu tariqa, 40 yashar Kris yarim engil vazn toifasida vakant, yani egasiz bo'lib turgan PFL chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Sayborgning MMAdagi g'alabalari 29 taga etdi. G'alabalaridan 23 tasiga muddatidan avval erishgan. Hisobida 2 ta mag'lubiyat ham bor. Uning ishtirokidagi yana bitta jang natijasi esa elon qilinmagan.
Taqqoslash uchun, 35 yoshli Sara Kollinz esa faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U bungacha oltita g'alabali seriya bilan kelayotgandi.

Fikrlar